|
| | |
|
Muhabbat
Men shahzoda edim, men shahzod edim,Jannatiy ma'vomda jannatiy nasim.Ko'zim chamaniga kuzak yot edi,Panohsiz emasdim, majruh emasdim.Shahzod edim, oltin qasrida yotgan,Zanjirband aylading meni beayov,MUHABBAT, xobimdan nogoh uyg'otgan,Mening ko'zlarimni ochgan, ey, olov!Ne tong, FARISHTAMNI yashirmish falak?Hijron ma'vosida o't ko'ngil-manim,Ko'klarda o't ichra ko'ringan MALAK,Olovda o'ynagan raqqosam QANI?Qani, Ayt-da, endi, Qayda SEVGILIM,Qayda, tuproqlarga tashlab ketgan YOR?Hijron og'ochiga osildi dilim,Mening osilganim ey vujudsiz dor,MUHABBAT! Osmonlar dod soldi, ne sir,Yomg'irlar yurtida asriy mardudman.Telbaman bepanoh, gadoman-basir,Chaqmoqni sog'inib yotgan vujudman.To borman chalajon, to borman xasta,Dardim tuprog'idan ko'rsat loshimni,Quyoshning nuridan bir qilich yasab,Oydin tunda uzib tashla BOSHIMNI. Nurulla Narzullayev
|
Category: O'zbek she'riyati | Added by: MrShahzodbek (25-10-2011)
|
Views: 527
| Rating: 0.0/0 |
| |
| | |
|
|