Shamollar shivirlar tinmagay zinhor, Qalbimda tuyg'ular solar g'alayon. Go'zal visoliga tashnalik hissi, Ne ko'ylarga solar shu damda. Bilmayman ul go'zal asli qaylarda, Balki o'zga diyorda yoki yonimda. Dunyoning to'rt burchagidanda, Izlamoq hissi-la yonar yuragim. Men uni bilmasman, u esa meni, Bir-birimizga begona qalban yaqinmiz, Umrim ham so'ngiga yetar chog'ida, Uni eslab so'ngra jonim berarman. Kuzatarlar meni so'ng manzil tomon, Eltadilar meni sokin go'shaga. Hamroh bo'lar menga yolg'iz bo'z tuproq, Do'stlarim ko'zda nam qaytarlar ortga. Bejon yotarman, hissiyotlarsiz, Orzular dilimda qolmagan hatto. Endi bo'lmas hech qanday ro'yo, Va orzularim buyuk ro'yobi. Vaqt o'tar lahzalar yugurar shoshqin, Xazonlar qabrimga bo'lar yopinchiq, Bilmayman kimdir meni izlaydi: Qo'lida bir dona qizil atirgul, Jimgina qabrim boshiga cho'kar. Ko'zlaridan oqar qatra-qatra yosh, Xazonlar ustida qizil atirgul, Bilmam nedan berar nishona. Xayolga tolaman kim edi u, Ne uchun meni keldi xotirlab, Nahotki bu o'sha xayolimdagi Qaydan bildi ekan so'nggi makonim.
Shahzod Rahmon.
|