|
| | |
| Bosh sahifa » Sirdoshim she'riyat
Shamollar shivirlar tinmagay zinhor,Qalbimda tuyg'ular solar g'alayon.Go'zal visoliga tashnalik hissi,Ne ko'ylarga solar shu damda.Bilmayman ul go'zal asli qaylarda,Balki o'zga diyorda yoki yonimda.Dunyoning to'rt burchagidanda,Izlamoq hissi-la yonar yuragim.Men uni bilmasman, u esa meni,Bir-birimizga begona qalban yaqinmiz,Umrim ham so'ngiga yetar chog'ida,
...
Read more »
|
***
Qalbimni sizga berdim asrolmadingiz, G'uborlar ostida yig'ladi yum-yum. Begunoh sevgimiz termulib qoldi, Na siz, na men bilan ketishin bilmay.
***
Endi u begona, endi u kelin, O'zga bir chamanda ochilgan qizil gul. Orzular armon endi,sevgilar yolg'on, Bu dardga chidolmay yig'laydi osmon.
***
Men kimman? Ojiz zarraman, Bir bor ko'rmoq istab quyoshni, So'ng qum ostiga ko'milib ketgan, Abadiy zulmatni makon aylagan.
Shahzod RAHMON.
|
Qor... oq choyshabga o'rangan olam, Tabiat ham sokin surmoqda xayol. Sukunat aro yolg'izlikda men, Seningla o'tgan onlarim eslayman yana.
Oh, bu armonlar qachon tark etar, Mening yaralangan mitti yuragim? Oppoq yerga singigan kabi, Ishq Qachon yuragimda joylangan ekan?!
Nega ko'nglim limmo-lim g'am-alamga, Dunyo asosimi armonlar nahot, Armon qalbin tilka-pora etsada, Inson azoblarni qo'msaydi hayhot.
Shahzod Rahmon © Shahakademia.
|
Taqdir ko'zlarimni to'ldirsa yoshga, Bir kun ortingdan termulib qolsam. Yorim deb atashga hatto or qilsang, Men kimga suyangum Allohdan o'zga.
Ko'zimdan yoshlarim marjondek oqsa, Do'stlarim holim bir so'rmas bo'lsa, Hatto sevgan yorim xiyonat etsa, Men kimga suyangum Allohdan o'zga.
Muallif: Shahzod Rahmon.
Mualliflik huquqi muhofazalangan. Ko'chirib bosilganda sayt manzili ko'rsatilishi shart. Muallif huquqlarining buzilishi qonuniy javobgarlikka sabab bo'ladi.
|
Qayda endi
Visol uchun yongan jonlar qayda endi, Ishq o'tida kuygan dillar qayda endi, Vafoni kuylagan kuylar qayda endi, Otabegin kutgan Kumush qayda endi.
Nahot qizlar endi bo'lsa vafosiz, Umr bo'yi yashab o'tsa jafosiz, Hayhot ushbu millat dardi davosiz, Farhod deb jon bergan Shirin qayda endi.
Sharm-hayo qayda endi, vafolar qayda, Muhabbatni so'ylagan navolar qayda, Majnun uchun borlig'i jonidan kechib, Visol umid qilgan Layli qayda endi.
Ushbu so'zga nahot bo'lsak parvosiz, Nahot ushbu millat dardi davosiz. Nahot inson yashay olar havosiz, Shahzod suygan ul parizod qayda endi.
Bevafolarga to'ldi dunyo nahot endi, Xiyonatga cho'mdi olam hayhot endi, Kelmas qaytib ul vafodor lobar endi, Behudadir ming ohlar-u faryod endi. Shahzod qalbin rom etgan jonon qayda endi, Tavallom ilhom parisi ul dilbar qayda endi.
Shahzod Rahmon
|
Sevgidan so'yladim seni sog'inib sevgilim, Sog'inch sohilida sabrimdan
...
Read more »
|
O'kinch
Aldov bilan ko'nglim olgan, Qalbimda ishq o'tin yoqqan.
...
Read more »
|
MEN SENI SEVAMAN
Men seni sevaman Hushim yo'qdir o'zimda. Samovot baxt tilar, Qulluqda turar koinot. Men seni sevaman, Bundan ortiq seni go'zal Chin dildan sevuvchi Senga rostdan asir bormi. Men seni sevaman Yurakda o'ynar g'alayon Sevgilim seni o'ylamay<
...
Read more »
|
Gohida g'amlarga to'lganda yurak,Kimnidir intizor kutganda yurak,Izlab ham topmagan lahzada yurak,Bir sening vaslingni qo'msar bo'ldi, yor.Do'stlar ham holim so'rmas bo'lganda,Yod etib bir bora kelmas bo'lganda,Tuproqdanda holim xarob bo'lganda,Bir sening vaslingni qo'msar bo'ldi dil.Orzular ro'yoga aylansalar ham,Va'dalar yolg'onga aylansalar ham,
...
Read more »
|
|
| |
| | |
|
| Calendar/Taqvim | |
| « Yanvar 2025 » | Ya | Du | Se | Chor | Pa | Ju | Sha | | | | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | 31 |
| |
| | |
|