|
| | |
| Bosh sahifa » 2011 » Sentabr » 28
Afsus qora tun bag'rida muhabbat qaro bo'ldi, Quvonch bilan sherik bo'lmay orzular ado bo'ldi. Qani qayda, baxtli onlar, nahot endi afsona, Nechun nega bugundan, sen ham begona.
Tunlar bedor yulduz sanab, ko'zimga kelmas uyqu, Yurak senda, o'zim esa ketarman sendan mangu. Shafqat qilib yiroq etmay meni asra o'zingda, Kiprigingga bosh qo'yib yashay ko'zingda.
Muhabbatim, muhabbatim, taqdir bergan omonatim, Yolg'on bo'lding haqiqatim, o'zing dardim, hasratim.
Muzdek gulga shaydo bo'lib sanchildi tikonlari, Bu ne azob ishq bog'ining bormikan armonlari, Yurak to'la ishonch berib, sevgi endi bevafo, Judo aylab o'zidan ketar beparvo.
Qismat ekan, ko'narmizda yo'q bundan o'zga chora, Ammo netay umidim bor tasodif bo'lib zora. Bizlar yana to'qnash kelsak olib qochma yuzingni, Tabassuming ,qizg'onma, shirin so'zingni.
Muhabbatim, muhabbatim, taqdir bergan omonatim, Yolg'on bo'lding haqiqatim, o'zing dardim, hasratim.
Special by MrShahzodbek.
|
|
| |
| | |
|
|